18:56 / 12.12.2023
230

Abdulhakim Juzjoniy: «Turkiy davlatlar ittifoqi Yevroittifoq kabi kuchli tashkilotga aylanadi»

Abdulhakim Juzjoniy: «Turkiy davlatlar ittifoqi Yevroittifoq kabi kuchli tashkilotga aylanadi»

Toshkent o‘tayotgan «Jadidlar: milliy o‘zlik, istiqlol va davlatchilik g‘oyalari» mavzusidagi xalqaro konferensiyada qator olimlar qatnashmoqda. Ulardan biri, Xalqaro Bobur jamg‘armasining Shvetsiyadagi vakili, huquqshunos olim, 2008 yildan beri Shvetsiyada istiqomat qilib kelayotgan Sayyid Abdulhakim Shar’iy Juzjoniy Kun.uz muxbiri bilan suhbatda jadidlar haqida gapirdi.

«Sharoit og‘ir, zulm avjida bo‘lgan bo‘lsa ham, jadidlar o‘z oliy g‘oyalarini amalga oshirishga harakat qildilar. Istibdod haddan oshib, odamlarda imkon yo‘q edi, barcha harakatlar bostirilardi. Minglab vatandoshlarimiz shu ozodlik g‘oyasi uchun qurbon bo‘ldi. Lekin harakatlar to‘xtamadi, 100 mingdan oshiq kishi halok bo‘lgan.

«Bosmachilik» deb atalgan ozodlik harakati 20 yil davom etdi. Shunday og‘ir sharoitda tish-tirnoq bilan zulmga qarshi turishdi.

Bugun O‘zbekiston hukumati tashabbusi bilan jadidlarga bag‘ishlangan ishlar bo‘lyapti, mana, konferensiyalar tashkil etilyapti.

G‘oya bitta — turkiy davlatlar birligi. O‘ylaymanki, hali Turkiy davlatlar ittifoqi Yevropa ittifoqi kabi kuchli tashkilotga aylanadi. Bunday harakatlar 300 mln turkiy xalqlarni birlashtirish uchun xizmat qiladi», — dedi Juzjoniy.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat