13:30 / 19.02.2024
6 446

Diana Yagofarova 15 yillik tanaffusiga sabab boʻlgan behayo video haqida soʻzlab berdi

Diana Yagofarova 15 yillik tanaffusiga sabab boʻlgan behayo video haqida soʻzlab berdi
“Super kelinchak” filmida bosh qahramonni mahorat bilan ijro etib, tomoshabinlar mehrini qozongan aktrisa Diana Yagofarova ijodidagi 15 yillik tanaffusga sabab boʻlgan video hamda hozirda ajrim jarayonini boshdan kechirayotgani haqida soʻzlab berdi.

Diana Yagofarova shaxsiy hayoti haqida gapirar ekan, ayni paytda oilasidagi vaziyat haqida aytib oʻtdi.

— Nikohimiz yakunlanganiga bir yil boʻldi. Mana bir yildirki, men uydan ketishga qaror qildim. Biz hozirda ajrim jarayonidamiz. Sobiq turmush oʻrtogʻim bilan doʻstona munosabatlarimizni saqlab qolamiz. Shuni aytishim kerakki, u farzandlariga juda yaxshi ota. Hozirda uch oʻgʻlim bor. Har doim mehribonlik uyidan bir qizaloqni asrab olishni orzu qilganman, — deydi aktrisa.

Diana Yagofarova turmush oʻrtogʻi va farzandlari bilan
Foto: Instagram

Aktrisa ijodidagi 15 yillik tanaffusga sabab boʻlgan behayo video mavzusini uzil-kesil yopishni istashini aytib oʻtdi:

Bu mavzuni uzil-kesil yopish uchun aytaman: bu video qaerdan tarqab ketganini bilmayman. Men 15 yil bu savolga javob bermadim. Chunki ushbu savolga oʻzimda ham javob yoʻq. Lekin odamlarning qasddan qanchalik jirkanch ishlarga borishini tushundim. Video juda katta ta'sir oʻtkazib, bir necha daqiqalar ichida butun hayotim barbod boʻlgan. Men oʻshanda oʻz ishim, aktyorlik mahoratim va iste'dodim bilan butun mamlakatga mashhur edim. Ammo oʻsha video tufayli hammasi bir zumda yoʻqqa chiqdi. Bu dahshatli tushga oʻxshardi.

Qanchadir vaqt umuman koʻchaga chiqmaganman. Keyinchalik ma'lum muddat odamlar ‘Siz oʻsha Dianamisiz?’, desa, ‘Yoʻq, u emasman’, derdim. Hatto oʻz shaxsiyatimdan ham voz kechgan paytlarim boʻlgan. Bu mening oʻsha paytdagi himoya reaktsiyam edi. Men u paytda 18 yoshli qizcha edim. Oʻshanda mening orqamda bunday vaziyatda qanday yoʻl tutishim kerakligini oʻrgatuvchi bironta suyangan togʻim boʻlmagan. Men hammadan ham koʻra buvim bu voqealarga qanday munosabat bildirishidan qoʻrqqanman. Lekin buvim ushbu qaygʻuli holatda boshini baland tutgan holda meni qoʻllab-quvvatlagan. Qanchadir muddatga mamlakatni tark etishga majbur boʻldim. Oʻzbekistonda bir oy boʻlmadim.

Buvim oʻshanda bu menga qarshi katta provokatsiya ekanligini aytib, meni yupatgan. Ular butun hayotim davomida yaxshi-yomon kunimda meni doim qoʻllab-quvvatlab turgan. Bu videoni kim tarqatganini bilmayman. Ammo undagi odamlar bizga juda oʻxshaydi. Video yashin tezligida tarqalib, uni hamma koʻrdi. Yana bir narsani ta'kidlamoqchiman: oʻshanda ayollar huquqlarini himoya qilish hozirgidek rivojlanmagandi. Bugungi kunda bu yoʻnalish yaxshi tomonga oʻzgardi. Yangi qonunlar qabul qilinmoqda. Ayollar huquqlari haqida koʻp gapirilmoqda. Lekin afsuski, oʻsha paytda bu narsa yoʻq edi
, — deydi Diana.

Diananing aytishicha, u oʻzini koʻp sohalarda sinab koʻrgan, biroq ularning hech biri kinochalik aktrisaga zavq bermagan.

15 yillik tanaffus paytida oʻzimni koʻp sohalarda sinab koʻrdim, lekin tushundimki, hech narsa menga kinodan oladigan zavqimni bermas ekan. Shuning uchun yana kinoga qaytishga qaror qildim. Ijodimga befarq boʻlmagan insonlar uchun yangi seriallarda suratga tusha boshladim.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat