Foto: "Yandex Xaritalar"
Propan narxi yoqilg‘i quyish shoxobchalarida o‘rtacha 4800-5000 so‘mdan 6000-6200 so‘mgacha qimmatlashgani aytilmoqda. Bu birjada narxlar oshgani ortidan ro‘y bergan.
1 iyul holatiga propanning 1 tonnasi 6 mln 23,8 ming so‘mdan sotilgan bo‘lsa, bu 31 iyulga kelib 7 mln 538,5 ming so‘mgacha qimmatlashgan. Ya’ni iyul oyi davomida ushbu mahsulot bahosi 25,1 foizga oshgan.
Rasmiy statistikaga ko‘ra, propan narxi iyul oyida 1,9 foizga, yillik hisobda 16 foizga qimmatlashgan.
Raqobat qo‘mitasi birja orqali realizatsiya qilinishi belgilangan suyultirilgan gaz mahsulotining qo‘yilishi va sotilishi yuzasidan tegishli o‘rganishlarni olib borib, qo‘shimcha axborot berilishini ma’lum qildi.
Rasmiy axborotda keltirilishicha, Raqobat qo‘mitasi o‘z funksiyalaridan kelib chiqqan holda birja savdolarida sotilayotgan yuqori likvidli mahsulotlarning realizatsiyasi holatini doimiy tahlil qilib keladi, xususan, suyultirilgan gazning narxlarini oshishi mumkinligini oldindan prognoz qilgan holda, uning narxini barqarorlashtirishni ta’minlash maqsadida 15 iyul kuni tegishli choralar ko‘rish yuzasidan mas’ul regulyatorga xabar yuborgan.
Avvalroq, metan gazi uchun eng baland narx belgilash muddati tugashi fonida narxlar 3750 so‘mdan respbublikaning turli hududlarida 3950 – 4250 so‘mgacha ko‘tarilgani xabar qilingandi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?