O‘zbekistonda aholining inflyatsiya bo‘yicha kutilmalari 9,1 foizga yetdi

Oktyabr oyi yakunlariga ko‘ra, aholining inflyatsiya bo‘yicha kutilmalari 0,4 foiz bandga oshib, 9,1 foizni tashkil etdi. Tadbirkorlik subyektlarining inflyatsiya kutilmalari esa aksincha, 0,7 foiz bandga pasayib, 8,5 foizga tushdi.
Aholi va biznes vakillari uchun asosiy muammo sifatida yoqilg‘i hamda energiya narxlarining oshishi qayd etilgan. Shuningdek, har ikki guruhda valyuta kursi o‘zgarishi bilan bog‘liq xavotirlar ikkinchi oy ketma-ket kuchaygan.
Hududlar orasida inflyatsiya bo‘yicha eng yuqori kutilmalar Toshkent shahrida shakllangan. Poytaxt aholisi kelgusi inflyatsiyani 10,5 foiz darajasida baholagan bo‘lsa, biznes vakillarining kutilmalari 10,1 foizni tashkil etgan.
Toshkentliklarning 47 foizi narxlar oshishi 9–16 foiz oralig‘ida bo‘lishini kutmoqda.
Daromadi 2 million so‘mgacha bo‘lgan kam ta’minlangan aholi qatlamining inflyatsiya kutilmalari ham sezilarli yomonlashgan. Oktyabr oyida bu ko‘rsatkich 7,6 foizdan 9,4 foizga ko‘tarilgan. Shuningdek, oylik daromadi 2–10 million so‘m va 15–30 million so‘m oralig‘ida bo‘lgan aholi guruhlarida ham inflyatsiya bo‘yicha kutilmalar oshgan.
Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
Mavzuga oid yangiliklar

























Izohlar0
…