Jizzaxda qor bo‘ronida qolib ketgan fuqarolar qutqarildi

24-yanvardan 25-yanvarga o‘tar kechasi Jizzax viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Forish tumanidagi “Qoraobdol ota” mahallasi hududidan o‘tuvchi avtomobil yo‘lida kuchli shamol va qor bo‘roni sabab bir nechta transport vositasi harakati qiyinlashgani haqida xabar kelib tushdi. Bu haqda uzdaily.uz xabar beradi.
Haydovchi va yo‘lovchilar murakkab vaziyatda qolganidan so‘ng, FVVning qutqaruv bo‘linmalari zudlik bilan hodisa joyiga yuborildi. Maxsus texnika yordamida qutqaruvchilar ob-havo yomonlashuvi tufayli yo‘lda qolib ketgan avtomobillarni chiqarishda amaliy ko‘mak berib, fuqarolarni xavfsiz hududga evakuatsiya qildi.
Hodisa oqibatida jabrlanganlar qayd etilmadi. Vaziyat tezkor tarzda nazoratga olindi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing