95 yoshli o‘zbekistonlik onaxon 8 nafar farzandini uyda dunyoga keltirgan

Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumani, Langar qishlog‘ida yashovchi 95 yoshli Muqimtosh onaxonning hayot yo‘li ko‘pchilik e’tiborini tortmoqda. Aytilishicha, u sakkiz nafar farzandining barchasini uyda dunyoga keltirgan va biror marta ham tug‘ruqxonaga bormagan.
Bugungi kunda onaxon 50 nafardan ortiq nabira va 100 nafardan ziyod chevaraning mehribon buvisi hisoblanadi. Uning xonadonida esa to‘y-hashamlar tez-tez o‘tkazilib, quvonchli kunlar bir-biriga ulanib ketadi.
Onaxonning aytishicha, joriy mavsumda to‘rt nafar nabirasiga kelin olib, chevarasini ham uzatgan.
«Bu mavsumda to‘rt nafar nabiramga kelin oldim, chevaramni ham uzatdim», — deydi Muqimtosh onaxon.
Onaxonning kenja o‘g‘lining aytishicha, hozirda u 54 yoshda, oiladagi eng katta farzand esa 72 yoshni qarshilagan.
Muqimtosh onaxon o‘z ismini ham onasi tanlaganini aytadi. U oiladagi yagona qiz farzand bo‘lgan. Shuningdek, onaxonning 3–4 nafar akasi ham 90 yoshdan oshiq umr ko‘rgan.
Onaxonning katta va ahil oilasi, farzandlari hamda avlodlari ardog‘ida kechayotgan umri ko‘pchilikka ibrat bo‘lmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda ham foydalanuvchilar unga uzoq umr, mustahkam sog‘liq va oilaviy xotirjamlik tilamoqda.
Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
Mavzuga oid yangiliklar
































Izohlar0
…