O‘zbekistonda qariyb uch tonna giyohvand modda yo‘q qilindi

O‘zbekistonda noqonuniy muomaladan musodara qilingan qariyb uch tonna giyohvandlik vositalari yo‘q qilindi.
Davlat xavfsizlik xizmati huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda jami 2 tonna 963 kilogramm taqiqlangan moddalarni yoqish yo‘li bilan yo‘q qilgan.
Yo‘q qilingan moddalar tarkibiga quyidagilar kirgan:
• Geroin — 78,3 kilogramm
• Opium — 426,3 kilogramm
• Gashish — 646,6 kilogramm
• Alfa-PVP — 131,3 kilogramm
• Mefedron — 61,9 kilogramm
• Pregabalin va boshqa moddalar — 69,2 kilogramm
Giyohvandlik vositalarini yo‘q qilish jarayoni sudlarning qonuniy kuchga kirgan hukmlari asosida amalga oshirilgan.
Mazkur tadbir narkotrafikka qarshi kurashish bo‘yicha davlat strategiyasi doirasida o‘tkazilgan. Yo‘q qilingan barcha moddalar avvalroq noqonuniy muomaladan olib qo‘yilgan.


































Izohlar 0
…