Dabdabali to‘y o‘rniga tog‘lar sari yo‘l olgan kelin-kuyov e’tibor tortdi (video)

1 daqiqa o'qish238
Dabdabali to‘y o‘rniga tog‘lar sari yo‘l olgan kelin-kuyov e’tibor tortdi (video)

Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumanida tasvirga olingan kelin-kuyovning to‘y videosi ijtimoiy tarmoqlarda iliq kutib olindi. Yakkabog‘ning tog‘li hududlari, jumladan, Zarmas qishlog‘i ham o‘zining go‘zal tabiati bilan tanilgan.

Bugun ayrim to‘ylarda hashamatli avtomobillar, dabdabali bezaklar va katta tantanalarga alohida urg‘u berilayotgan bir paytda, ushbu videodagi oddiy manzara ko‘pchilikning e’tiborini tortgan.

Kadrlar Zarmas qishlog‘ida kelin-kuyovning tog‘lar osha yangi xonadon sari yo‘l olayotganini aks ettiradi. Unda qator-qator qimmat mashinalar yoki dabdabali marosimlar emas, balki tog‘lar bag‘ridagi sokin yo‘l va yangi hayot sari qadam tashlayotgan yoshlar tasvirlangan.

Video ostidagi izohlarda ko‘plab foydalanuvchilar kelin-kuyovga baxt tilab, samimiy tilaklarini yozgan. Ayrimlar esa haqiqiy baxt dabdaba va boylikda emas, balki hayot yo‘lida bir-birini qo‘llab-quvvatlashda ekanini ta’kidlagan.

Sizningcha, haqiqiy baxt nimada? Fikringizni izohlarda yozib qoldiring.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?