Qarzdorlik evaziga korxonaning noturar joyi xatlandi

Majburiy ijro byurosining Jizzax shahar bo'limi qarzdor MCHJga tegishli noturar mulkni aniqlab, belgilangan tartibda xatlovga oldi. Mazkur chora qarzdorlikni qoplash, undiruvchining qonuniy talablarini ta'minlash va ijro hujjati talablarini to'liq bajarish maqsadida amalga oshirildi. Qarzdor majburiyatlarini ixtiyoriy ravishda bajarmasa, xatlangan mol-mulk bo'yicha qonunchilikda belgilangan keyingi majburiy ijro choralari qo'llanilishi mumkin.
Majburiy ijro byurosining Jizzax shahar bo‘limi ish yurituvida bo‘lgan ijro ishi doirasida qarzdorlikni undirishga qaratilgan navbatdagi ijro harakatlari amalga oshirildi.
Jumladan, ijro hujjatida belgilangan majburiyatlarning bajarilishini ta’minlash maqsadida qarzdor MCHJga tegishli bo‘lgan noturar mulk aniqlanib, belgilangan tartibda xatlovga olindi.
Mazkur chora qarzdorlikni qoplash, undiruvchining qonuniy talablarini ta’minlash hamda ijro hujjati talablarining to‘liq bajarilishiga erishish maqsadida amalga oshirildi.
Qarzdor tomonidan majburiyatlar ixtiyoriy ravishda bajarilmagan taqdirda, qonunchilikda belgilangan tartibda xatlangan mol-mulk bo‘yicha keyingi majburiy ijro choralari qo‘llanilishi mumkin.
Byuroning Jizzax shahar bo‘limi tomonidan qarzdorliklarni undirish, ijro hujjatlarining ijrosini ta’minlash hamda undiruvchilarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida amaliy ishlar davom ettirilmoqda.































Izohlar 0
…