Erkak karnayni baland chalib, uxlab yotgan itni qo‘rqitdi (video)

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekistonda tasvirga olingan video muhokamalarga sabab bo‘ldi. Unda erkak to‘ylarda chalinadigan karnay musiqa asbobini baland ovozda chalib, yo‘l chetida uxlab yotgan itni qo‘rqitgani aks etgan.
Videoda erkak itga yaqinlashib, karnayni qattiq chaladi. Kutilmagan tovushdan cho‘chib ketgan it o‘rnidan sapchib turib, hura boshlaydi va yugurgancha uy ichkarisiga kirib ketadi.
Ma’lum qilinishicha, erkak ushbu holatni videoga olib, ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirgan.
Video hayvonlarga munosabat masalasini yana kun tartibiga olib chiqdi. Biroq videoning qachon va qayerda olingani, shuningdek, holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirilgan-bildirilmagani haqida hozircha tasdiqlangan ma’lumot yo‘q.






























Izohlar 0
…