Toshkent metrosi yonida ikki yigit 40 ming so‘m deb fuqaroni pichoq bilan qo‘rqitdi

1 daqiqa o'qish4
Toshkent metrosi yonida ikki yigit 40 ming so‘m deb fuqaroni pichoq bilan qo‘rqitdi

Toshkent shahrida ikki nafar yosh yigit 40 ming so‘mni qo‘lga kiritish maqsadida fuqaroni pichoq bilan qo‘rqitib, uning pulini tortib oldi. Hodisa Olmazor metro bekati yaqinida sodir bo‘lgan. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, voqea tungi soat 23:00 atrofida yuz bergan. Gumonlanuvchilardan biri oldindan reja tuzib, sherigidan pichoq olib kelishini so‘ragan. U esa ish joyidan pichoqni olib, tanishi bilan uchrashgan.

Keyin yigitlardan biri metro bekati yaqinidagi fuqaroni ta’qib qilib, pichoq bilan qo‘rqitgan va undan 40 ming so‘m pulni tortib olgan. Shundan so‘ng ular voqea joyidan ketgan.

Tergov jarayonida gumonlanuvchilarning biri qilmishidan pushaymonligini bildirgan. Ikkinchi yigit esa sherigining fuqaroga hujum qilganini ko‘rmaganini aytgan.

Qayd etilishicha, gumonlanuvchilar 19 va 20 yoshda. Hodisada foydalanilgan pichoq ashyoviy dalil sifatida olinib, Ekspert-kriminalistika markazida tekshirilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 164-moddasi (bosqinchilik) 2-qismi «a» va «b» bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Har ikki gumonlanuvchiga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Ayni paytda voqeaning barcha tafsilotlarini aniqlash maqsadida tergov harakatlari davom etmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?