Sidney universiteti professori, Qoraqalpog‘iston-Avstraliya ekspeditsiyasi ko-direktori, arxeolog Alison Bettsning mamlakatda O‘zbekiston Qahramoni, arxeolog G‘.Xojaniyazov bilan Beruniy tumanidagi tarixiy «Aqchaxan qal’a» esdaligida arxeologik tadqiqot ishlarini olib borayotganiga yigirma besh yil to‘ldi. Bu haqda Qoraqalpog‘iston axborot agentligiga tayanib Kun.uz xabar bermoqda.
– Hozir biz professor G‘.Xojaniyazov bilan Aqchaxan qal’ada arxeologik ishlarni birgalikda olib bormoqdamiz, – deydi u.
– Qazish jarayonida qal’a markazidagi shimol koridordan devor rasmlarini topdik. Bu rasmlar nihoyatda ahamiyatli bo‘lib, unda g‘oyat katta hajmdagi (6 metr) Zoroastrizm xudolarining, bog‘ va qushlarning rasmi tasvirlangan. Biz hozir ushbu bebaho topilmalarni tozalash, restavratsiyalash ishlarini olib bormoqdamiz. Faraz qilishimizcha, bu joyda topilmalarning davomi bo‘lishi mumkin.
Shuningdek, bu joydan er kishilarning va otlarning rasmlari ham topildi. Qayd etilishicha, mutaxassislar qazilma ishlarini kelgusi yillarda ham davom ettirish niyatida. Bu boradagi faoliyat fransiyalik Mikele Minardi bilan hamkorlikda Sulton Uvays tog‘ tizmalarida ham olib borilmoqda.
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
AQSH Isroilga puli to‘langan buldozerlarni bermadi
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
«Mosfilm» kinostudiyasi o‘z omboridagi tanklarni Rossiya armiyasiga topshirdi