2 noyabr kuni Qarshi tumani, «Do‘stlik» mahalla fuqarolar yig‘inida yashagan, 2004 yilda tug‘ilgan, Qarshi tumanidagi 63-maktabning 8-sinf o‘quvchisi bo‘lgan M.A o‘zi istiqomat qilib kelgan uy ayvoniga o‘zini arqon bilan osgan deb yozadi Kun.uz nashri.
6 noyabr kuni Bosh prokuratura Tezkor guruh a’zolari tomonidan vaziyat o‘rganildi.
Bosh prokuratura matbuot xizmati «Kun.uz»ga ma’lum qilishicha, hodisa sodir bo‘lgan joy Qarshi tumani prokurori, tuman IIB boshlig‘i, tuman IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari va boshqa tezkor xodimlar ishtirokida ko‘zdan kechirilib, protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.
Mazkur holat yuzasidan Qarshi tumani xalq ta’limi bo‘limiga, voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha hududiy komissiyasiga, tuman ichki ishlar bo‘limiga, «Do‘stlik» mahalla fuqarolar yig‘ini raisi va Yoshlar ittifoqi tuman kengashiga xizmat tekshiruvlari tayinlangan.
«Ushbu holat yuzasidan tergov harakatlari o‘tkazmasdan turib, qonuniy to‘xtamga kelishning imkoniyati bo‘lmaganligi sababli Qarshi tumani prokuraturasi tomonidan 06.11.2018 yilda O‘zbekiston Respublikasi JKning 103-moddasi 2-qismi «b» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda», deyiladi xabarda.
Jinoyat ishi tergov harakatlari viloyat prokuraturasi tomonidan alohida nazoratga olingan.
Avvalroq ushbu hodisa haqida bir necha nashrlarda yozilgandi.
M.A.ning otasi J.A.ning aytishicha, uning o‘g‘li maktabda muttasil ravishda kamsitilganiga chiday olmasdan o‘z joniga qasd qilgan.
«Bir oy oldin sinf rahbari o‘quvchilarga o‘g‘limning yuziga tupurishni buyurgan. Bu vaqtda sinfxonada maktab direktorining o‘rinbosari ham bo‘lgan. Doimiy ravishda kamsitilishi oqibatida o‘g‘lim maktabga borishni istamay qo‘ydi. U o‘z joniga qasd qilishdan 2 kun oldin maktabga qatnashni to‘xtatgandi», deya otaning so‘zlarini keltirgan «CA-NEWS».
Ma’lumotlarga ko‘ra, ayni vaqtda 63-maktab direktori o‘rinbosari va M.A o‘qigan sinf rahbari ishdan bo‘shatilgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Italiya klubi yangi bosh murabbiyni bir kunda haydab yubordi...
"JCH-2026" saralashi. O‘zbekiston qiyinchilik bilan KXDRni mag‘lub etdi
Tanzila Norboyeva Senat raisi lavozimiga qayta saylandi