3 099
Andijondan Umra ziyoratiga joʻnatilgan 14 nafar oʻzbekistonlikning vizasi soxta boʻlib chiqdi
Soʻnggi vaqtlarda ayrim turfirmalar soxta Umra vizasini rasmiylashtirib, Saudiya Arabistoni viza nizomiga zid ravishda Oʻzbekiston fuqarolarini mazkur mamlakatga kiritishga urinmoqda. Bu haqda OʻzA xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, 26-noyabr, seshanba kuni Andijon viloyatida joylashgan turistik firmalardan biri tomonidan Jidda shahriga joʻnatilgan 14 nafar oʻzbekistonlikning vizasi qalbaki boʻlib chiqqan.
Ushbu turfirma 14 nafar ziyoratchiga qalbaki vizalarni rasmiylashtirgan va Saudiya Arabistoniga yuborgan. Saudiya Arabistoni chegara xizmatining maʼlum qilishicha, ularning vizasi bekor qilinib, mamlakatga kiritilmasdan deportatsiya qilingan.
Oʻzbekistonning Jidda shahridagi Bosh konsulxonasi va “Oʻzbekiston havo yoʻllari” AKning Saudiya Arabistonidagi vakillari bilan hamkorlikda holat yuzasidan barcha zaruriy tashkiliy tadbirlar amalga oshirilib, 27-noyabr, chorshanba kuni “Jidda—Toshkent” reysi bilan yuqoridagi 14 nafar fuqaro Oʻzbekistonga qaytarilgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni
AQSH sun’iy intellektga yadro quroli ustidan nazoratni bermaslikka chaqirdi
Baydenning maslahatchisi: AQSHning Ukrainaga yordami Rossiyani to‘xtata olmaydi
Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak?
Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi?
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi
“Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi?