Buxoro shahrida qurilishi tugallanmagan binoning 8-qavatidan o‘zini pastga tashlab joniga qasd qilmoqchi bo‘lgan 51 yoshli ayolning hayoti profilaktika inspektorining tezkor sa’y harakatlari tufayli saqlab qolindi, deyiladi Buxoro IIB xabarida.
Qayd etilishicha, bugun, 3 may kuni taxminan soat 10:00 larda Buxoro shahar F.Xo‘jayev mahallasida yashovchi, 51 yoshli ayol turli ichki kechinmalar ta’sirida, ruhiyatida kelib chiqqan o‘zgarishlar sababli, Buxoro shahar Ibrohim Mo‘minov ko‘chasida joylashgan 8 (sakkiz) qavatli qurilishi tugallanmagan binonining 8-qavatidan o‘zini pastga tashlab joniga qasd qilmoqchi bo‘ladi.
Voqea joyiga tezkorlik bilan yetib kelgan Buxoro shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi 2-son Ichki ishlar bo‘limi Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘ilmi profilaktika katta inspektori katta leytenant Izzat Mirzayev u bilan tushuntirish-muzokara ishlarini olib borib, o‘z vaqtida ko‘rgan kechiktirib bo‘lmas chora-tadbirlar natijasida ushbu noxush yakun topishi mumkin bo‘lgan holatning oldi olinib, ayolning hayoti qutqarib qolindi.
Hozirda ushbu ayolga Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi xotin-qizlar bilan ishlash bo‘yicha bo‘lim hamda psixologlar guruhi psixolog xodimlari, boshqa mutasaddi idoralar mas’ullari tomonidan tibbiy-psixologik yordam ko‘rsatilib, voqea sabablari o‘rganilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda
Diniy qo‘mita: Turli vizalar bilan Haj amallarini bajarishning imkoni yo‘q
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
O‘zbekistonga qarshi Indoneziyaning asosiy hujumchilaridan biri maydonga tusha olmaydi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi