Jizzaxda 10 yoshli bolaga nisbatan zo‘ravonlikda gumonlangan erkak vafot etgan holda topildi

Jizzax viloyatida 10 yoshli bolaga ikki oy davomida jinsiy zo‘ravonlik qilganlikda gumonlangan 53 yoshli erkak vafot etgan holda topildi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, gumonlanuvchi qidiruvga berilganidan bir kun o‘tib, 4-oktyabr kuni qurilishi tugallanmagan binoda o‘z joniga qasd qilgan holatda aniqlangan.
Xabarlarga ko‘ra, jabrlanuvchi bola gumonlanuvchining turmush o‘rtog‘iga yaqin qarindosh bo‘lgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani va tergov-surishtiruv ishlari olib borilayotgani aytilmoqda.
Gumonlanuvchining o‘limi bilan bog‘liq holatlarni aniqlash maqsadida sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan. Hozirda huquqni muhofaza qiluvchi organlar voqeaning barcha tafsilotlarini o‘rganmoqda.
Mazkur holat bo‘yicha Portal24.uz Bosh prokuraturaga rasmiy so‘rov yuborgan, biroq xabar e’lon qilingan vaqtga qadar idoradan javob olinmagan.
Tergov davom etmoqda. Voqeaga yakuniy huquqiy baho tergov natijalari va to‘plangan dalillar asosida beriladi.































Izohlar 0
…