10:02 / 15.06.2021
1 707

O‘zbekistonda telemeditsina yo‘lga qo‘yilishi mumkin


Hindiston O‘zbekistonga telemeditsina sohasida qiymati 400 ming dollar sarmoyali tayyor loyihasi bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yishni taklif qildi. Bu haqda Investitsiyalar va savdo vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 10 iyun kuni O‘zbekistonning Hindistondagi elchixonasi ko‘magida Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferi milliy ofisi tomonidan Hindiston bilan yangi texnologiyalarni O‘zbekistonga transfer qilish va mahalliylashtirish masalalari bo‘yicha onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasida innovatsiyalar, yangi texnologiyalar transferi, texnologiyalarni tijoratlashtirish kabi masalalar bo‘yicha muhokamalar olib borildi.

Milliy ofis vakillari Innovatsion rivojlanish vazirligi va Milliy ofis faoliyati bilan hamkorlarni tanishtirib o‘tdi. Hindiston tomon esa onlayn telemeditsina platformasi taqdimotini qildi. Ular telemeditsina sohasida qiymati 400 ming dollar sarmoyali tayyor loyihasi bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yish taklifini bildirdi.

Shuningdek, kelgusida startaplarni qo‘llab-quvvatlash, yangi texnologiyalar bo‘yicha vebinarlar, mutaxassislarning o‘zaro tajriba almashishi va dasturlar sohasida aloqalarni kengaytirishga katta qiziqish bildirilgan.

Qayd etilishicha, taqdim etilgan loyiha O‘zbekistondagi fuqarolarga mamlakat hududini tark etmagan holda mahalliy va eng kuchli xorijiy mutaxassislarning kerakli maslahatlarini olish imkoniyatini berib, bemorlarning vaqti, mablag‘larini tejashga yordam beradi.

Hozirda Hindistonda ushbu platformadan, asosan, xususiy sektorda keng foydalaniladi. Bundan tashqari, Ispaniya, Meksika, Singapur va Nepal kabi davlatlarda ham ushbu platforma joriy etilib, hamkorlik yo‘lga qo‘yilganligi ta’kidlangan.

Uchrashuv yakunida O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasida yangi texnologiyalar transferini rivojlantirish hamda mazkur telemeditsina loyihasi bo‘yicha tegishli mutaxassis va ekspertlar bilan o‘rganib chiqqan holda uchrashuv tashkil etishga kelishib olindi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda telemeditsina yo‘lga qo‘yilishi mumkin