10:30 / 28.02.2024
390

Hashamatli kolleksioner, ajoyib umr yo‘ldosh va ota: Burak O‘zchivit haqida nimalar ma’lum?

Hashamatli kolleksioner, ajoyib umr yo‘ldosh va ota: Burak O‘zchivit haqida nimalar ma’lum?
Shubhasiz, Burak O‘zchivit Turkiya kino sanoatidagi eng iste’dodli va mashhur aktyorlardan biri. Uning jozibali tashqi ko‘rinishi va aktyorlik mahorati butun dunyo bo‘ylab muxlislar qalbini zabt etishga yordam beradi.

Burak O‘zchivit — turkiyalik aktyor, model va tadbirkor. U 1984 yilda Istanbulda tug‘ilgan, Istanbuldagi Marmara universitetida kino, tasviriy san’at va fotografiya fakultetini tamomlagan. Keyinchalik model hamda aktyor sifatida faoliyatini boshlagan.

Burak O‘zchivit karerasini model sifatida boshlab, turli moda namoyishlari va reklama kampaniyalarida ishtirok etadi. 2005 yilda u “Turkiyaning eng yaxshi modeli” unvonini qo‘lga kiritadi va “Dunyoning eng yaxshi modeli” tanlovida ishtirok etadi. 2007 yilda “Majburiy nikoh” serialida debyut qiladi, keyinchalik “Muhtasham yuz yil” va “Sevgi iztirobi” kabi ko‘plab muvaffaqiyatli dramalarda rol o‘ynaydi. Biroq “Qurilish: Usmon” filmidagi Usmonbey roli unga olamshumul shuhrat keltiradi.

“Choliqushi” syomkasidagi muhabbat va haqiqiy to‘y
2013 yildan 2014 yilgacha efirga uzatilgan “Choliqushi” serialida O‘zchivit boy va oliy ma’lumotli yigit — Kamron rolini o‘ynaydi, u o‘zining xolavachchasi Feridega (Fahriye Evjen ijro etgan) ko‘ngil qo‘yadi.

Sodiq turmush o‘rtoq va ajoyib ota
“Choliqushi” serialining suratga olish paytida aktyor Fahriye Evjen bilan do‘stlashib ketadi. Vaqti kelib, ular bir-biriga ko‘ngil qo‘yadi va 2017 yilda turmush qurishadi. Hozirda ularning ikki farzandi bor. Yulduzli juftlik havas qilarli muhabbati va bir-biriga sodiqligi bilan tanilgan. Ular shaxsiy hayotidagi voqealarni muxlislari bilan ijtimoiy tarmoqlarda tez-tez baham ko‘rishadi.

Burak O‘zchivitning sevimli mashg‘ulotlari
Muvaffaqiyatli aktyorlik karerasidan tashqari, O‘zchivit mohir fotograf hamdir. Uning fotokolleksiyalari Istanbul va Turkiyaning boshqa shaharlarida namoyish etilgan bo‘lib, uning iste’dodi va noodatiy ijodini namoyish etadi.

Burak O‘zchivitning daromadi va dabdabali hayoti
Faoliyati davomida aktyor katta moliyaviy muvaffaqiyatlarga erishdi. 2023 yilga kelib uning boyligi 12 million dollarga baholanmoqda.

U oilasi bilan Istanbulning qoq markazidagi elita hududida joylashgan ajoyib villada yashaydi. Burak O‘zchivit qimmatbaho avtomobillarga ega bo‘lib, uning hashamatga moyilligini aks ettiradi. Kolleksiyaning marvaridi McLaren 570 S — zamonaviy va hashamatli sportkar bo‘lib, narxi 230 ming dollarga teng.

Uning avtomobillar kolleksiyasida 92 000 dollar turadigan zamonaviy va hashamatli yo‘ltanlamas — Land Rover Range Rove ham bor. Aktyor har doim mashinalarini o‘zi haydaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Hashamatli kolleksioner, ajoyib umr yo‘ldosh va ota: Burak O‘zchivit haqida nimalar ma’lum?