Burak O‘zchivit yangi serialda hamkasbining rolini tortib olgani rostmi?

1 daqiqa o'qish1.1K
Burak O‘zchivit yangi serialda hamkasbining rolini tortib olgani rostmi?
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Turk seriallari ixlosmandlari katta qiziqish bilan kutayotgan “Quyosh chiqadigan joy” loyihasida bosh erkak qahramon obrazi bo'yicha kutilmagan o'zgarish yuz berdi.
  • Dastlab bu rolni ijro etishi rejalashtirilgan Ug‘ur Gunesh loyihani tark etdi va uning o‘rnini Burak O‘zchivit egalladi.
  • Jurnalist Birsen Altuntash ma'lum qilishicha, Burak O‘zchivit ssenariydagi Kenan obrazi unga ma'qul kelgani uchun prodyuserlarga aynan shu rolni ijro etish istagini bildirgan.

Turk seriallari muxlislarini yangi telemavsumda qator premeralar kutmoqda. Eng katta qiziqish uyg‘otayotgan loyihalardan biri esa “Quyosh chiqadigan joy” seriali bo‘lib turibdi. Biroq suratga olish ishlari boshlanishi arafasida sodir bo‘lgan kutilmagan o‘zgarish muxlislarni hayratda qoldirdi.

Ma’lum bo‘lishicha, serialda bosh erkak qahramon obrazini ijro etishi rejalashtirilgan aktyor Ug‘ur Gunesh loyihani tark etgan. Uning o‘rnini esa mashhur aktyor Burak O‘zchivit egallagan.

Hozircha prodyuserlar ushbu vaziyat bo‘yicha rasmiy izoh bermagan. Biroq Ug‘ur Gunesh ijtimoiy tarmoqlarda e’tiborni o‘ziga tortgan bir nechta postlarni joylashtirib, rolidan aynan Burak O‘zchivit sabab ayrilganiga ishora qilgan.

Qora kostyum kiygan soqolli erkak qo‘llari bilan ishora qilib gapirmoqda.

Avvaliga aktyor «Birovning haqqiga ko‘z olaytirgan insonning vijdonini na Makka, na so‘fiylar maskani poklay oladi», degan mazmundagi hikmatni ulashdi. Oradan ko‘p o‘tmay esa «Hali ham to‘ymading, hech qachon to‘ymaysan», degan yozuvni e’lon qildi.

Garchand aktyor hech kimning nomini tilga olmagan bo‘lsa-da, muxlislar bu gaplar Burak O‘zchivitga qaratilgan deb hisoblamoqda.

Jurnalist Birsen Altuntash ma’lum qilishicha, Burak O‘zchivit serial ssenariysi bilan tanishib chiqqan va Kenan obrazi unga juda ma’qul kelgan. Shundan keyin aktyor prodyuserlarga aynan ushbu rolni ijro etish istagini bildirgan.

Burak O‘zchivit yangi serialda hamkasbining rolini tortib olgani rostmi?

Ayrim manbalarning ta’kidlashicha, shu voqeadan keyin Ug‘ur Gunesh loyiha tarkibidan chiqarilgan.

Burak O‘zchivit esa hozircha bu vaziyat yuzasidan hech qanday bayonot bermagan.

Muxlislarning yana bir e’tirozi shundaki, 41 yoshli Burak serialda aktrisa Sibel Toshchiog‘lu ijro etadigan qahramonning o‘g‘li rolini o‘ynaydi. Aktrisaga esa kelasi oy 50 yosh to‘ladi.

Shu sababli ayrim tomoshabinlar bunday kasting tanlovini ishonarsiz deb baholamoqda.

Oq kostyum kiygan, qora sochli va soqolli erkak yon tomonga qarab turibdi.

Ug‘ur Gunesh muxlislari esa allaqachon serialni boykot qilishga chaqirishmoqda. Turk seriallari ixlosmandlari esa prodyuserlar yaqin kunlarda ushbu mojaro bo‘yicha rasmiy bayonot berishlariga umid bildirmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?