Afra Saracho‘g‘li bilan bog‘liq ishda yangi burilish: aktrisa ilk bor giyohvand moddalar bo‘yicha munosabat bildirdi

Turkiyada mashhur shaxslarga nisbatan olib borilayotgan giyohvand moddalar bo‘yicha tergov doirasida aktrisa Afra Saracho‘g‘lu haqida ham qo‘lga olish qarori chiqarilgani xabar qilindi.
Aktrisa xabarni chet elda eshitgan
Afra Saracho‘g‘lu mazkur xabarni chet elda bo‘lgan vaqtida bilganini ma’lum qildi. Aktrisaning so‘zlariga ko‘ra, uning xorijga safari avvaldan rejalashtirilgan ish safari bo‘lgan.
Saracho‘g‘lu Turkiyaga qaytib, tergov doirasida ko‘rsatma berishini bildirdi. Aktrisa vaziyatga aniqlik kiritish uchun eng qisqa muddatda Turkiyaga qaytishini aytdi. Shuningdek, u tergov doirasida ko‘rsatma berishga tayyorligini ma’lum qilgan.
Saracho‘g‘lu vaziyat tez orada oydinlashishiga ishonchi komil ekanini ta’kidladi.
Hozircha mazkur xabar tergov doirasidagi jarayon sifatida tilga olinmoqda. Aktrisaning o‘zi esa Turkiyaga qaytib, tegishli organlarga ko‘rsatma berishini bildirgan.































Izohlar 0
…