Rayhon Ulasenova kelini Azizaxonga shirinlik yedirdi (video)

Aktrisa Rayhon Ulasenovaning o‘g‘li Azizbek va kelini Azizaxonning 7 avgust kuni to‘yi bo‘lib o‘tdi. Hashamatli to‘ydan tarqalgan chiroyli lavhalar ijtimoiy tarmoqlarda ko‘pchilikning e’tiborini tortmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolardan birida to‘y yakunlanib, kelin-kuyov xonadonga qaytgan paytdagi samimiy lahzalar aks etgan. Ularni xonadonda Rayhon Ulasenovaning o‘zi kutib olgan.
Shu paytda xalqimiz orasida qadimdan saqlanib kelayotgan qaynona va kelin o‘rtasidagi shirinlik bilan bog‘liq an’analardan biri ham bajarilgan. Marosimni Shahloxonim boshqarib, Rayhon Ulasenovaga keliniga shokolad yedirishni taklif qilgan.
Shahloxonim qo‘liga shokolad olib, qaynona va kelin o‘rtasidagi mehr-oqibat yanada mustahkam bo‘lishi niyatida shirinlikni birgalikda yeyishlarini aytgan. Rayhon Ulasenova ham bu niyatni bajonidil qabul qilib, shokoladning bir uchini og‘ziga olib, ikkinchi uchini keliniga yedirgan.
Shundan so‘ng Shahloxonim kelin Azizaxonga qarata, “Qaynonangiz yedirgan ushbu shokoladning ta’mi og‘zingizda bir umr qolsin”, deya chiroyli tilak bildirgan.
Samimiyatga boy ushbu lahzalar ijtimoiy tarmoqlarda iliq kutib olinib, ko‘pchilik tomonidan kelin-kuyovga yaxshi tilaklar yo‘llangan.






























Izohlar 0
…