Feruza Normatova 200 kilolik ulkan torti bilan hayratlantirdi

Feruza Normatova 200 kilolik ulkan torti bilan hayratlantirdi

O‘zbekistonlik aktrisa Feruza Normatova Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan yurtdoshlariga o‘ziga xos sovg‘a tayyorladi.

Bayram munosabati bilan aktrisa 3×2 metr hajmdagi, og‘irligi 200 kilogramm bo‘lgan ulkan tort tayyorlatdi. Ushbu shirinlik yuzlab bo‘laklarga bo‘linib, bayram sayliga chiqqan yurtdoshlarga tarqatildi.

Feruza Normatova bu tashabbus orqali quvonchni ko‘pchilik bilan baham ko‘rishni istaganini ta’kidladi.

Aktrisa barcha yurtdoshlarini Mustaqillik bayrami bilan tabriklab, O‘zbekistonda doimo tinchlik, farovonlik va xotirjamlik hukm surishini tiladi.

«Bayramning eng go‘zal tomoni — quvonchni birga ulashish», — deyiladi tabrikda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar