Feruza Normatova sahnada kutilmagan syurprizdan hayajonga tushdi (video)

“Zaitun” mukofotini taqdirlash marosimida boshlovchilik qilayotgan aktrisa va boshlovchi Feruza Normatova uchun unutilmas lahzalar yuz berdi.
Tadbir qizg‘in davom etayotgan bir paytda uning turmush o‘rtog‘i, Abdusharipov Olloyor qo‘lida qip-qizil atirgullardan tayyorlangan katta guldasta bilan kirib keldi. U guldastani Feruza Normatovaga tantanali ravishda taqdim etib, uni peshonasidan o‘pdi va bag‘riga bosdi.
Kutilmagan syurprizdan hayajonga tushgan aktrisaning quvonchi yuz-ko‘zidan yaqqol sezilib turardi. Tadbir mehmonlari ham ushbu samimiy lahzani iliq olqishlar bilan kutib oldi.
Mazkur video ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi. Izohlarda foydalanuvchilar Feruza Normatovani samimiy tabriklab, unga oilaviy baxt va totuvlik tilashdi. Ayrimlar esa: “Baxt aynan shunday kutilmagan lahzalarda namoyon bo‘ladi”, deya o‘z fikrlarini yozib qoldirdi.

Ma’lumot uchun, “Zaitun” mukofotini taqdirlash marosimida ijtimoiy tarmoqlarda turli yo‘nalishlarda faol bo‘lgan ijodkorlar, blogerlar, mobilograflar va kontent yaratuvchilar munosib taqdirlandi.






























Izohlar 0
…