Feruza Normatova to‘yining bir yilligida turmush o‘rtog‘idan qanday sovg‘a oldi? (video)

Aktrisa va bloger Feruza Normatova turmush qurganiga bir yil to‘lganini ma’lum qildi. U Instagram sahifasida yubileyi munosabati bilan turmush o‘rtog‘i sovg‘a qilgan qimmatbaho uzuklarni ko‘rsatdi.
Aktrisa e’lon qilgan videoda turmush o‘rtog‘i sovg‘a qilgan qutini ochayotgani aks etgan. Quti ichidan yana bir kichik qutichani olgan Feruza uning ichida qimmatbaho uzuklar borligini ko‘rsatdi. Keyinroq u uzuklarni taqib tushgan suratlarini ham obunachilari bilan bo‘lishdi.
Feruza Normatova surat va video ostida turmush o‘rtog‘iga samimiy tilaklarini yozib qoldirdi.
“Shu yil ichida bir soniyaga bo‘lsa ham sizni tanlaganim uchun afsuslanmadim, alhamdulillah. Kamida 60 qish-u bahorlarda ham birga bo‘laylik, erjonim”, — deb yozdi aktrisa.
Uning obunachilari ham izohlarda Feruza Normatovani oilaviy hayotining bir yilligi bilan tabriklab, juftlikka baxt-saodat va uzoq umr tilashdi.

Ma’lumot uchun, 2025 yilning 15 oktyabr kuni aktrisa va bloger Feruza Normatova hamda MMA ustasi Abdusharipov Olloyorning to‘y marosimi tantanali tarzda bo‘lib o‘tgan edi.






























Izohlar 0
…