Feruza Normatova tug‘ilgan kunini turmush o‘rtog‘i bilan Turkiyada nishonladi (video)

Aktrisa Feruza Normatova 27 sentyabr kuni 37 yoshni qarshi oldi. U tavallud kunini Turkiyada turmush o‘rtog‘i bilan yaxtada nishonlagan. Aktrisa tug‘ilgan kundan lavhalarni Instagram sahifasiga joylashtirdi.
Videoda Feruza Normatovaning turmush o‘rtog‘i bilan yaxtada tug‘ilgan kunini nishonlayotgani, bayramona lahzalardan zavqlanayotgani aks etgan.
Aktrisa video ostida shukrona kunidagi his-tuyg‘ularini to‘liq namoyish eta olmasligini ta’kidlab, baxtli lahzalarini faqat uni yaxshi ko‘radigan va baxtidan quvonadigan insonlar bilan bo‘lishishini yozdi.
«Shukrona kunimdagi emotsiyalarni, yorimning menga hadya qilgan baxtli lahzalarini har birini ko‘rsata olmayman. Ba’zilarini meni yaxshi ko‘rgan, baxtimdan quvonadigan insonlar uchun yoritishim mumkin. Ammo nazar bor narsa. Aslida hammasini asrash Robbimning izni ila o‘z qo‘limizda», — deb yozdi Feruza Normatova.
Aktrisaning kuzatuvchilari ham uni tavallud kuni bilan tabriklab, izohlarda chiroyli tilaklarini yo‘llagan.
Ma’lumot uchun, Feruza Normatova 1989 yil 27 sentyabrda Sirdaryo viloyatining Baxt shahrida tug‘ilgan. Aktrisa "Mendirman Jaloliddin", "Fitna", "Paxmoq kelin", "Zaharli tomchilar" va "Ojiza" kabi seriallarda rol ijro etgan.






























Izohlar 0
…