Katta yosh farqiga qaramasdan birga bo‘lgan turk mashhurlari

“Muhabbat yosh tanlamaydi” degan gapni turk shou-biznesidagi ko‘plab juftliklar o‘z hayotida isbotlab kelmoqda. Yosh farqi katta bo‘lsa ham, haqiqiy muhabbat, ishonch va hurmat bor joyda oila mustahkam bo‘lib qolishini bu yulduzlar amalda ko‘rsatgan.
O‘zjan Deniz va Samar Dadgar

2023 yilda O‘zjan Deniz Samar Dadgar bilan nikoh qurib, ko‘plab muxlislarni hayratga soldi. Avval boshida ko‘pchilik aktyor Feyza Aktan bilan ajrashgandan keyin yana oila qurmaydi deb o‘ylagan edi. Biroq Samar bilan munosabatlar tez orada muhabbat bilan birga katta shov-shuvlarga ham sabab bo‘ldi. O‘zjanning oilasi bu munosabatni qabul qilmadi, yangi kelinni manfaat uchun turmush quryapti deb aybladi. Shunga qaramay, barcha nizolarga qaramay, ular oila qurishdi. Hatto aktyorning avvalgi nikohidan bo‘lgan o‘g‘li ham yangi oila muhitiga moslashib ketdi. O‘zjan esa haqiqiy muhabbatni aynan Samar yonida topganini ta’kidlaydi.
Neslihan Atagul va Kadir Dog‘ulu

Neslihan Atagul va Kadir Dog‘ulu 2012 yilda tanishgan va 2016 yilda nikoh qurgan. Ular o‘rtasida 10 yillik yosh farqi mavjud. Garchi ular haqida turli mish-mishlar tarqalgan bo‘lsa-da, Neslihan har doim munosabatidan baxtli ekanini aytgan. 2025 yilda ular ota-ona bo‘lib, o‘g‘il farzandlarini dunyoga keltirishdi.
Ali Atay va Hazal Kaya

Ali Atay va Hazal Kaya turk kinosidagi eng barqaror oilalardan biri hisoblanadi. Ular 2014 yildan beri birga. Ali rafiqasidan 14 yosh katta bo‘lsa-da, bu ularning munosabatiga hech qanday ta’sir ko‘rsatmagan. 2019 yilda ularning birinchi farzandi — Fikret Ali dunyoga keldi, keyinroq ikkinchi farzandlari Leyla tug‘ildi. Juftlik oddiy hayotni afzal ko‘radi va kamdan-kam omma oldida chiqadi, lekin har doim baxtli ekanini yashirmaydi.
Halit Ergench va Berguzar Korel

Halit Ergench va Berguzar Korel turk seriallarining eng mashhur juftliklaridan biri. Ular haqida turli mish-mishlar bo‘lsa-da, munosabatlari ishonch va mehrga asoslangan. Juftlik 2009 yilda turmush qurgan va uch farzand — Ali, Xon va Layloni tarbiya qilmoqda. 12 yillik yosh farqiga qaramay, ularning muhabbati vaqt sinovidan o‘tib kelmoqda.
Tolgaxan Sayishman va Almeda Abazi

Tolgaxan Sayishman va Almeda Abazi 2015 yilda munosabatlarini oshkor qilishgan. Ular orasida 10 yillik yosh farqi mavjud. 2017 yilda nikoh qurishgan va keyinroq ikki farzandli bo‘lishgan. Almeda turmush qurgandan keyin karyerasini to‘xtatgan, lekin bu qarorni shaxsiy tanlov sifatida izohlagan. Juftlik haqidagi ajrashish mish-mishlariga e’tibor bermasligini qayta-qayta isbotlab kelmoqda.
Kenan Imirzaliog‘lu va Sinem Kobal

Kenan Imirzaliog‘lu va Sinem Kobal orasida 13 yillik yosh farqi mavjud. Sinem 2015 yilda aktyorga turmushga chiqqan va bu qaroridan hech qachon afsuslanmaganini aytadi. Kenan esa oilasini hayotining eng katta baxti deb biladi. Ular birga vaqt o‘tkazishga harakat qiladi va ikki qiz farzandni tarbiya qilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!