Djenna Ortega tashqi ko‘rinishi sabab shov-shuvga aylandi

11 avgust kuni e'lon qilingan Jenna Ortega intervyusidan so'ng ijtimoiy tarmoqlarda uning faoliyatidan ko'ra tashqi ko'rinishi muhokama qilinib, u Ariana Grande bilan taqqoslandi. Aktrisa bolalikdagi ayrim kasting va sahna jarayonlarida atrofdagilarga noqulaylik tug'dirishdan qo'rqib, kun bo'yi ovqatlanmaslik va suv ichmaslikka harakat qilganini aytdi.
«Wednesday» seriali orqali butun dunyoga tanilgan Jenna Ortega navbatdagi intervyusida faoliyati, Tim Byorton bilan hamkorligi va bolalikdagi kasting jarayonlari haqida gapirishni rejalashtirgan edi. Biroq suhbat kutilmaganda butunlay boshqa mavzuga burildi.
11 avgust kuni e’lon qilingan intervyudan so‘ng ijtimoiy tarmoqlarda foydalanuvchilarning asosiy e’tibori aktrisaning tashqi ko‘rinishiga qaratildi. Ayrim muxlislar uni hatto mashhur xonanda Ariana Grande bilan taqqoslay boshladi.
«Keyingi Ariana Grande», — deya yozgan foydalanuvchilardan biri. Bu kabi izohlar intervyudan olingan suratlar X ijtimoiy tarmog‘ida tez tarqalganidan so‘ng yanada ko‘paygan.

Orteganing o‘zi esa suhbat davomida bolalikdagi aktyorlik faoliyati haqida qiziq bir xotirasini o‘rtoqlashdi. U ba’zi kasting va sahna jarayonlarida atrofdagilarga noqulaylik tug‘dirib qo‘yishdan qo‘rqqani sababli kun bo‘yi ovqatlanmaslik va hatto suv ichmaslikka harakat qilgan paytlari bo‘lganini aytdi.
Aktrisaning bu gaplari internetdagi muhokamalarni yanada kuchaytirdi. Ayrim foydalanuvchilar uning salomatligi haqida xavotir bildirgan bo‘lsa, boshqalar mashhur insonlarning tashqi ko‘rinishini doimiy ravishda muhokama qilishga qarshi chiqdi.
Qizig‘i, Ortega hech qachon GLP-1 turidagi vazn kamaytirish vositalaridan foydalanganini aytmagan. Shunga qaramay, uning tashqi ko‘rinishi haqidagi fikrlar intervyudan keyingi muhokamalarning asosiy mavzusiga aylandi.

Suhbatda aktrisa «Wednesday» seriali hayotini qanday o‘zgartirganini ham esladi. 2022 yilda serial namoyish etilganidan ko‘p o‘tmay, uning qanchalik ulkan mashhurlikka erishganini anglab yetgan.
Ortega Braziliyadagi Comic-Con tadbirida muxlislar oldiga chiqqan paytini ham eslab, ayrim odamlar hayajondan hushidan ketganini aytdi.
«Bu bino ichida zilzila sodir bo‘layotgandek edi. Bu oddiy holat emasdi», — deya xotirladi aktrisa.
Bugun 23 yoshli Ortega Gollivudning eng mashhur yosh yulduzlaridan biri hisoblanadi. Ammo uning aytishicha, bunday mashhurlikni u bolaligida tasavvur ham qilmagan.
Aktrisa yetti yoshida ota-onasiga aktyor bo‘lishni xohlashini aytganida esa ular uning gapiga ishonish o‘rniga kulgan. Oradan yillar o‘tib, o‘sha qizaloq butun dunyo tanidigan yulduzga aylandi.






























Izohlar 0
…