Dubayda Durdona Qurbonovaga o‘xshash qiz topildi (video)

Hayotjon Kasimov Instagram sahifasida aktrisa Durdona Qurbonovaga juda o'xshash qizning videosini ulashdi. U hazilomuz tarzda “Durdona Qurbonova Dubayda nima qilyapti?” deya murojaat qildi. Lavha qisqa vaqt ichida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, foydalanuvchilar orasida turli fikrlar uyg'otdi. Durdona Qurbonova videoga “Buncha asal qiz” deya izoh qoldirdi.
Hayotjon Kasimov Instagram sahifasida aktrisa Durdona Qurbonovaga juda o‘xshash qizni ko‘rib qolib, hazilomuz tarzda unga murojaat qildi.
U qizning videosini ulashar ekan, “Durdona Qurbonova Dubayda nima qilyapti?” deya aytgan. Mazkur lavha qisqa vaqt ichida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, foydalanuvchilar orasida turli fikrlar uyg‘otdi.
Ayrimlar qizni Durdona Qurbonovaga o‘xshatgan bo‘lsa, boshqalar esa ular o‘rtasida sezilarli farq borligini ta’kidladi.
Aktrisaning o‘zi ham ushbu videoga "Buncha asal qiz" deya izoh qoldirgan.
Sizningcha, videodagi qiz Durdona Qurbonovaga qanchalik o‘xshaydi? Fikringizni izohlarda yozib qoldiring.






























Izohlar 0
…