Yegor Krid yangi klipi sabab 5 yilga qamalishi mumkin, sababi nima?

Rossiyalik xonanda Yegor Krid yangi “Miliy ublyudok” klipida kiygan libosi sabab mojaro markazida qoldi. Kiyimda sovet davrining “Idi i smotri” filmidagi o‘smir qahramon Flyora Gayshunning o‘zgartirilgan tasviri aks etgan. Unga tatuirovka va pirsinglar qo‘shilgani tanqidlarga sabab bo‘ldi.
Rossiya Xavfsiz internet ligasi rahbari Yekaterina Mizulina bu holat natsizmni reabilitatsiya qilishga oid qonun moddasi doirasida baholanishi mumkinligini bildirdi. Mazkur modda bo‘yicha 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.
Krid esa uzr so‘rab, filmni ko‘rmaganini va kiyimdagi tasvirning ma’nosini bilmaganini aytdi. Hozircha xonandaga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani haqida tasdiqlangan ma’lumot yo‘q. Shu bois uning qamalishi haqidagi gaplar hozircha ehtimoliy ssenariy bo‘lib qolmoqda.































Izohlar 0
…