Toshkentda "Golden Globes Silk Road Tribute Gala" xalqaro marosimi bo‘lib o‘tdi

Toshkentda "Golden Globes Silk Road Tribute Gala" xalqaro marosimi bo‘lib o‘tdi

2026 yil 23–24 oktyabr kunlari Toshkentda ilk bor "Golden Globes Silk Road Tribute Gala" xalqaro marosimi tashkil etildi. Tadbir Markaziy Osiyo va Kavkaz mamlakatlari kino va televideniye vakillarining ijodiy yutuqlarini e’tirof etishga bag‘ishlandi. Bu haqda Golden Globes tashkilotining rasmiy saytida ma’lum qilingan.

Marosimda O‘zbekiston, Ozarbayjon, Gruziya, Qozog‘iston va Armanistondan jami olti nafar san’atkor taqdirlandi. Ular orasida o‘zbekistonlik aktrisa Gulchehra Jamilova va rejissyor Ali Hamroyev ham bor. Shuningdek, ozarbayjonlik ijodkor Tahmina Rafaella, gruziyalik rejissyor Levan Koguashvili, qozog‘istonlik aktrisa Shug‘ila Yeshen hamda armanistonlik aktyor Samvel Tadevosyan e’tirof etildi.

Tashkilotchilar ma’lumotiga ko‘ra, mukofotlar uchta yo‘nalishda topshirildi: Meridian Award, Trailblazer Award va Beacon Award. O‘zbekiston vakillari Gulchehra Jamilova va Ali Hamroyev Meridian mukofotiga loyiq ko‘rildi.

Turli yoshdagi uch erkak va uch ayolning portretlaridan iborat jamlanma.

Tadbir tarixiy Ipak yo‘li hududining madaniy merosi va ijodiy salohiyatini xalqaro maydonda namoyish etish, mintaqa kinoijodkorlari o‘rtasidagi aloqalarni rivojlantirish hamda Sharq va G‘arb o‘rtasidagi madaniy hamkorlikni mustahkamlashni ko‘zlagan. Marosim Golden Globes tashkiloti va Vivid Strategies hamkorligida o‘tkazildi. O‘zbekiston Madaniyat vazirligi esa tadbirni tashkil etishga ko‘maklashuvchi tomon sifatida qatnashdi.

"Golden Globes Silk Road Tribute Gala"ning Toshkentda o‘tkazilishi mamlakat kino va madaniyat sohasini xalqaro auditoriyaga tanitish hamda mintaqa ijodkorlari uchun yangi hamkorlik imkoniyatlarini yaratishga qaratilgan tashabbuslardan biri bo‘ldi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar