Lola Yo‘ldosheva sahnaga qaytdimi? Xonandaning chiqishi e’tibor markazida (video)

Xonanda Lola Yo‘ldosheva Toshkentda ilk bor o‘tkazilgan «Golden Globes Silk Road Tribute Gala» marosimida ishtirok etdi. San’atkor tadbirda nafaqat chiqishi, balki o‘ziga xos sahna libosi bilan ham ko‘pchilikning e’tiborini tortdi.
Kechada Lola Yo‘ldosheva muxlislariga o‘zining mashhur «Muhabbatim» qo‘shig‘ini taqdim etdi. Xonandaning sahnadagi chiqishi uning ijodini sog‘ingan muxlislar uchun quvonchli lahzalardan biri bo‘ldi.
San’atkor ushbu kechadan olingan videoni Instagram sahifasiga joylab, unga «Hamma narsaning «bir yil o‘tib»i bor» deb izoh qoldirdi.
Xonandaning sahnadagi ko‘rinishi muxlislari orasida iliq kutib olindi. Izohlarda ko‘pchilik Lola Yo‘ldoshevaning yana sahnada ko‘rinish berganidan xursandligini bildirib, unga samimiy tilaklar yo‘llamoqda.






























Izohlar 0
…