“Pianinochi” filmi yulduzi Edrian Broudi O‘zbekistonga keldi

“O‘tkir tig‘lar” seriali va “Pianinochi” (“The Pianist”) filmi orqali dunyoga tanilgan, ikki karra “Oskar” mukofoti sovrindori Edrian Broudining O‘zbekistonga tashrif buyurgani haqida xabarlar tarqaldi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, aktyor 21–22-oktabr kunlari Samarqandda o‘tkazilayotgan Bolalar farovonligi masalasiga bag‘ishlangan Butunjahon sammitida ishtirok etish uchun kelgan. Tadbirda 100 dan ortiq mamlakatdan qariyb 600 nafar vakil ishtirok etishi kutilmoqda. Sammit doirasida bolalar huquqlari, ta’lim, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy himoya masalalari muhokama qilinmoqda.
Shuningdek, 23–24-oktyabr kunlari Toshkentda ilk bor “Golden Globes Silk Road Tribute Gala” marosimi tashkil etiladi. Unda Markaziy Osiyo va Kavkaz mamlakatlari kino va televideniye namoyandalarining yutuqlari e’tirof etiladi. Broudining ham ushbu marosimda qatnashishi kutilayotgani aytilmoqda.






























Izohlar 0
…