Maryam Tillayeva sevgilisi bilan yarashdi: juftlik turmush qurishni rejalashtirmoqda!

O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimovning nabirasi Mariam Tillyayeva Arno Kosyan bilan munosabatlarini qayta tikladi. Bu haqda bloger Toshkentda bo‘lib o‘tgan Golden Globes Silk Road Tribute Gala marosimida ma’lum qildi.
Mariam Tillyayeva va Arno Kosyan 2027 yil bahorida turmush qurishni rejalashtirmoqda. Ayni paytda juftlik to‘yga tayyorgarlik ko‘rib, marosim o‘tkaziladigan joyni tanlash masalasini muhokama qilmoqda.
Ularning asosiy to‘y marosimini O‘zbekistonda o‘tkazish niyati bor. Shuningdek, keyinchalik Moskvada ham alohida bayram tashkil etish ehtimoli ko‘rib chiqilmoqda.
Hozircha to‘yning aniq sanasi va manzili ma’lum qilinmagan. Mariam Tillyayeva shaxsiy hayotiga oid tafsilotlarni omma bilan bo‘lishishni istamasligini ham ta’kidladi.































Izohlar 0
…