
Foto: AP Photo
Amerikalik qo‘shiqchi Billiy Aylish YouTube’dagi kanali orqali Happier Than Ever: A Love Latter to Los Angeles nomli konsert-filmining birinchi treylerini e’lon qildi. Unda Billi yangi albomidagi barcha qo‘shiqlarni ijro etgan.
Treylerda konsertdan parcha, shuningdek, qo‘shiqchining o‘zi tasvirlangan animatsion qahramon namoyish etilgan. Ularni «Oskar» mukofoti sovrindori Patrik Osborn yaratgan.
Suratga olish ishlarida Billidan tashqari uning ukasi va prodyuseri Finneas O’Konnell, Los-Anjeles filarmoniya orkestri va bolalar xori qatnashgan. Film rejissyori Robert Rodriges.
«Los-Anjeles borasida aniq bir orzularim bor. Mening dunyom bilan chatishib ketgan mutlaqo boshqacha olam. Bu konsert-film, ammo shu bilan birga tarix hamdir», — deydi Aylish treylerda.
Qo‘shiqchining filmi premerasi Disney+ da 3 sentabrda bo‘lib o‘tadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar