Foto: «Domashniy ochag»
Ekran yuzini ko‘rganiga ko‘p bo‘lmagan «O‘rgimchak-odam: uyga yo‘l yo‘q» filmida Zendaya Piter Parkerning sinfdoshi va sevgilisi Mishel «Em-Jey» Jons-Uotson rolini ijro qilgan. Bu uning ushbu kino-epopeyadagi uchinchi ishtiroki. «Domashniy ochag» nashri «O‘rgimchak odam»dan tashqari «Dyuna», «Eyforiya» serialidagi rollari bilan mashhur bo‘lgan aktrisa haqidagi ma’lumotlarni e’tiboringizga havola qiladi.
Ismining ma’nosi
Aktrisaning kelib chiqishi nemislarga, shotland va afrikaliklarga borib taqaladi. Ota-onasi qizga ism qo‘yish uchun asos sifatida afrika tilidan Shona — tendai, minnatdorlik, rahmat ulashish so‘zini tanlab olgan va uni inglizcha zen (dzen) deb talaffus qila boshlagan. Mashhurlikka erishganidan keyin aktrisa aytish qiyin bo‘lgani sabab to‘liq ismi — Zendaya Mari Stormer Koulmandan voz kechgan.
12 yoshdan suratga tushishni boshlagan
Zendayaning iste’dodini o‘z vaqtida payqagan ota-onasi unga yetarlicha imkoniyat berish uchun Oklenddan Los-Anjelesga ko‘chib o‘tgan. 12 yoshida reklama kastingidan o‘tgan qizaloq, 13 yoshida Disney kanalida namoyish etiladigan serial yulduziga aylangan. Keyinroq Teylor Svift, Beyonse va Bruno Marsning kliplaridan suratga tushgan. Kinodagi debyuti 2007 yil «O‘rgimchak odam»da bo‘lgan. Muvaffaqiyatli chiqqan film kinoprakatda 800 million dollar to‘plagan.
Foto: «Domashniy ochag»
Har jabhada iste’dodli
Foto: Instagram / @zendaya
Suratga tushishdan tashqari, u qo‘shiq kuylash va kitob yozish bilan ham shug‘ullanadi. Muxlislarining ijtimoiy tarmoqlardagi savollarini jamlab, ularga javob tariqasida «Between u and me: How to rock your tween years with style and confidence» kitobini taqdim qilgan.
«Garri Potter» jon-u dili
Zendaya «Garri Potter» haqidagi film va kitoblarning muxlisi. Instyle jurnaliga bergan intervyusida u mazkur filmni qayta ko‘rib chiqayotganini ta’kidlagan. «Bu meni tinchlantiradi. Odamlar ey Xudo, yana «Garri Potter»ni tomosha qilyapsanmi, deb so‘raydi. Men esa, agar ko‘rishni istamasangiz, uyimga kelmay qo‘ya qoling, men baribirga ham uni ko‘rishda davom etaman deyman», — degan u.
Go‘sht mahsulotlarini iste’mol qilmaydi
Foto: Instagram / @zendaya
Zendaya vegetarian. U go‘sht yeyishdan, 11 yoshida hayvonlarning qanday so‘yilishiga guvoh bo‘lgani va keyinroq Pol Makkartni chorvachilikning tabiatga, go‘shtning esa inson organizmiga qanday ta’sir qilishi haqida ma’lumot beradigan «PETA Glass wall»ni tomosha qilgandan keyin vegetarianlikni tanlagan. U buning uchun o‘zidagi sabzavotlarni yoqtirmaslikka qarshi kurashgan. Ammo prinsiplar va jonivorlarga achinish hissa kuchliroq bo‘lib chiqqan.
Foto: «Domashniy ochag»
«Nulavoy»da ikki yil o‘qigan
Sinfdagi tengdoshlari bilan muloqot qilishda qiynalgan. Mashg‘ulotlar davomida og‘ziga mum solib o‘tirgani uchun uni ikkinchi yili ham «nulavoy» sinfda qoldirilgan.
16 yoshgacha qaylig‘i bo‘lmagan
Zendaya tarbiya borasida qat’iy tartiblar bor oilada katta bo‘lgan. 16 yoshigacha ota-onasi yigitlar bilan uchrashishga ruxsat bermagan. Aktrisaning o‘zi bundan xafa emas, aksincha ota-onasini to‘g‘ri qilgan deb hisoblaydi.
Barbiga prototip bo‘lgan
2015 yil Mattel kompaniyasi Zendayaning «Oskar» olish marosimidagi obrazidan ilhomlanib qo‘g‘irchoqlar ishlab chiqargan. Qo‘g‘irchoqning kiyimlari, makiyaj va taqinchog‘i, shuningdek, soch turmagi ham Zendayanikini takrorlagan.
Foto: «Domashniy ochag»
Xayriya ishlarida faol
Zendaya faol va sahiyligi bilan hamisha diqqat markazida bo‘lgan. 2017 yilda ayollar marshida ishtirok etgan, 2019 yilda bo‘lsa tug‘ilgan kuni bilan tabriklashni istaganlardan xayriya fondiga pul o‘tkazishni iltimos qilgan. 20 yoshini Convoy of Hop bilan nishonlagan aktrisa, ayollar huquqlari uchun kurashadigan kompaniyaga 50 ming dollar to‘plashga yordam bergan. Qolaversa, u bir necha yildan buyon BMTning OIV/ OITS (UNAIDS) masalalari bo‘yicha ko‘ngilli elchisi sifatida faoliyat yuritadi. «Meni qandaydir noodatiy ismga ega yulduz emas, muhim o‘zgarishlarga ta’siri bo‘lgan inson sifatida bilishlarini istayman», — deydi u.
Tryuklarni o‘zi mustaqil bajaradi
«Buyuk shoumen» filmida Zendaya havoda akrobatika bilan shug‘ullanadigan akrobat qiz rolini ijro qilgan. Suratga olish jarayonida kamdan kam hollarda dublyorlarga murojaat qilgan aktrisa, tryuklarni asosan o‘zi bajargan. Bunday mushkul vazifaning uddasidan chiqishida unga bolalikdan raqs bilan shug‘ullangani yordam bergan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi