"Sifatsiz” deb atalgan multfilm Xitoyda xitga aylandi (video)

Xitoyda «Buzoqcha Lay» nomli kam budjetli multfilm 5 avgust kuni deyarli reklamasiz namoyish etilganiga qaramay, internet foydalanuvchilari e'tiborini tortib, 15 avgustga kelib 1 million yuandan ortiq kassa yig'di. Sifatsiz grafikasi va g'ayrioddiy qahramonlari ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo'ldi.
Xitoyda «Buzoqcha Lay» nomli kam budjetli multfilm kutilmaganda internet foydalanuvchilari e’tiborini tortib, kinoteatrlarda ham qiziqish uyg‘otdi. Sifatsiz grafikasi va g‘ayrioddiy qahramonlari sabab film ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilindi.
Film 5 avgust kuni deyarli reklamasiz namoyishga chiqqan. 15 avgustga kelib, uning umumiy kassa yig‘imi 1 million yuandan oshgan. Ayrim ko‘rsatkichlarda multfilm «O‘rgimchak odam: Yangi kun»ni ham ortda qoldirgan. Xususan, tomoshabinlar bandligi «Buzoqcha Lay»da 10,7 foizni, «O‘rgimchak odam»da esa 8,5 foizni tashkil etgan.
Eng qizig‘i, multfilm ustida bor-yo‘g‘i ikki kishi — ona va uning o‘g‘li 5 yil davomida ishlagan va loyihaga shaxsiy jamg‘armalarini sarflagan.
Filmning kutilmagan muvaffaqiyati katta reklama kampaniyasi bilan emas, balki internetdagi g‘ayrioddiy muhokamalar bilan bog‘liq. Dastlab kam sonli tomoshabinga tanish bo‘lgan multfilm haqidagi videolar va fikrlar tarqalishi uni ko‘rishga qiziqishni sezilarli darajada oshirgan.






























Izohlar 0
…