“Shrek 5” multfilmining ilk rasmiy treyleri chiqdi

Oradan 17 yil o‘tib, bolaligimizning eng sevimli animatsion qahramonlari yana katta ekranlarga qaytmoqda. “Shrek 5” multfilmining ilk rasmiy treyleri e’lon qilinib, muxlislar orasida katta shov-shuvga sabab bo‘ldi.

Treylerda Shrek, Fiona va hammaga tanish eshakvoyning yangi sarguzashtlari aks etgan. Eng qiziqarli jihatlardan biri — ularning endi ulg‘ayib qolgan farzandlari ham voqealar markazida bo‘lishidir. Bu esa multfilm syujeti yanada boy va hissiyotlarga to‘la bo‘lishidan darak beradi.

Yangiliklardan yana biri — Shrek va Fionaning ulg‘aygan qiziga mashhur aktrisa Zendaya ovoz bergani bo‘ldi. Bu yangilik muxlislar orasida alohida qiziqish uyg‘otib, loyiha nufuzini yanada oshirdi.

Multfilmning jahon premerasi 2027 yil 30 iyunga belgilangan. Shunga qaramay, treyler chiqqan zahoti ijtimoiy tarmoqlarda qizg‘in muhokamalar boshlandi. Ayniqsa, yangilangan grafika va personajlar dizayni ayrim muxlislar tomonidan iliq kutib olingan bo‘lsa, boshqalar esa eski uslubni sog‘inganini yashirmadi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Charos
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar