date

O'zbekistonliklarga BADlar borasida ogoh bo'lish tavsiya qilindi

O'zbekistonliklarga BADlar borasida ogoh bo'lish tavsiya qilindi
Raqobatni rivojlantirish va iste'molchilar huquqlarini himoya qilish qo'mitasi matbuot xizmati tomonidan axborot xabari e'lon qilindi. Qo'mita o'z vakolatlari doirasida iste'molchilar huquqlarini himoya qilish va "Reklama to'g'risida"gi qonun talablariga rioya etilishini nazorat qiladi.

Shu maqsadda oziq-ovqat mahsulotlari, dori vositalari va biologik faol qo'shimchalar (BAD)ni muntazam nazorat xaridlari amalga oshiriladi. Nazorat xaridlarining yillik natijalari quyidagicha: 2023 yilda 397 ta nazorat xaridi o'tkazilib, ulardan 24 tasi sifatsiz deb topilgan; 2024 yilda 560 ta xarid amalga oshirilib, 95 tasida talablar buzilgani aniqlangan; 2025 yilda esa 618 ta xariddan 123 tasining belgilangan talablarga javob bermasligi qayd etilgan.

Shuningdek, bugungi kungacha qo'mitaga oziq-ovqat mahsulotlari, dori vositalari va biologik faol qo'shimchalar bo'yicha 2 345 ta murojaat kelib tushgan. Ulardan 337 tasi (14 foizi) aynan biologik faol yoki oziq-ovqat qo'shimchalariga tegishli.

Ko'plab murojaatlar aholi tomonidan telekanallar, radio va ijtimoiy tarmoqlardagi reklamaga ishonib, biologik faol qo'shimchalarni xarid qilganliklari va ularning kutilgan natijani bermaganligi yoki salomatlikka salbiy ta'sir ko'rsatganligi bilan bog'liq. Eslatma: Biologik faol qo'shimchalar dori vositasi hisoblanmaydi va kasalliklarni davolash uchun mo'ljallanmagan.

Ular organizm funksiyalarini qo'llab-quvvatlash yoki ma'lum kasalliklarning oldini olish uchun, profilaktika sifatida qo'llaniladi. Shu bois har qanday qo'shimchani qabul qilishdan avval shifokor bilan maslahatlashish muhim.

Qo'mita O'zbekiston aholisi e'tiborini quyidagilarga qaratdi: Reklamada biologik faol qo'shimchalarni dori sifatida ko'rsatishga ishonmang; "Bir oyda barcha kasalliklardan tuzatadi" kabi yolg'on va'dalar aldov reklama hisoblanadi; Faqat Sog'liqni saqlash vazirligi tomonidan ro'yxatdan o'tgan va rasmiy sertifikatga ega mahsulotlardan foydalaning.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Agar kod o‘qilmasa, yangilash uchun rasmga bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O'zbekistonliklarga BADlar borasida ogoh bo'lish tavsiya qilindi