Tomoshabinlar shikoyatidan so‘ng telekanallar ogohlantirildi

O‘zbekiston1 daqiqa o'qish1
Tomoshabinlar shikoyatidan so‘ng telekanallar ogohlantirildi

O‘zbekistonda ayrim telekanallarda reklama namoyish etilayotgan vaqtda ovozning keskin balandlashib ketishi tomoshabinlarning noroziligiga sabab bo‘lmoqda. Ushbu holat yuzasidan fuqarolar tomonidan Raqobat qo‘mitasiga ham ko‘plab murojaatlar kelib tushgan.

Qo‘mita ma’lumotiga ko‘ra, ayrim telekanallarda reklama bloklari ovozining teledastur va ko‘rsatuvlar ovoziga nisbatan ancha baland bo‘lishi tomosha jarayonida noqulayliklarni keltirib chiqarmoqda. Xususan, dasturni tomosha qilish davomida reklama boshlanishi bilan ovozning birdaniga ko‘tarilishi auditoriyaning e’tirozlariga sabab bo‘lyapti.

Amaldagi qonunchilikda bunday holatlarning oldini olishga qaratilgan aniq talablar belgilangan. Jumladan, «Reklama to‘g‘risida»gi qonunning 27-moddasiga muvofiq, reklama va u haqidagi anonsning ovozi reklama bilan uzib qo‘yilgan teledastur yoki teleko‘rsatuv ovozidan baland bo‘lmasligi shart.

Raqobat qo‘mitasi mazkur qonuniy talablarga rioya etilishini doimiy nazorat qilib boradi. Shuningdek, zarurat tug‘ilgan hollarda efirga uzatilayotgan reklamalar ovozining belgilangan me’yorlarga muvofiqligi maxsus texnik vositalar yordamida tekshiriladi. Agar qoidabuzarlik holatlari aniqlansa, mas’ullarga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda tegishli javobgarlik choralari qo‘llanilishi mumkin.

Shu munosabat bilan qo‘mita teleradiokanallar, reklama agentliklari hamda reklama tarqatuvchilarga murojaat qilib, efir jarayonida belgilangan ovoz me’yorlariga qat’iy amal qilish zarurligini eslatdi. Shuningdek, reklama materiallarini namoyish etishda nafaqat qonun talablari, balki tomoshabinlarning manfaatlari va qulayligini ham inobatga olishga chaqirdi.

Keyingi yangilik

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?