O‘zbekistonda reklama ovozini balandlatgan telekanallarga chora ko‘rilishi mumkin

O‘zbekistonda ayrim telekanallarda reklama boshlanishi bilan ovoz keskin ko‘tarilishi tomoshabinlarning noroziligiga sabab bo‘lmoqda. Ushbu holat yuzasidan Raqobat qo‘mitasiga ham ko‘plab murojaatlar kelib tushgan.
Qo‘mita ma’lum qilishicha, reklama bloklari ovozining teledastur yoki ko‘rsatuv ovozidan baland bo‘lishi tomoshabinlarga noqulaylik tug‘diradi. Vaholanki, amaldagi qonunchilikda bunday holatga yo‘l qo‘yilmasligi belgilangan.
Xususan, «Reklama to‘g‘risida»gi qonunning 27-moddasiga muvofiq, reklama va uning anonsi ovozi reklama sababli to‘xtatilgan teledastur yoki teleko‘rsatuv ovozidan baland bo‘lmasligi kerak.
Raqobat qo‘mitasi mazkur talablarga rioya etilishini nazorat qiladi. Qoidabuzarlikka shubha tug‘ilgan hollarda reklama ovozi maxsus texnik vositalar yordamida tekshirilishi mumkin. Qonun talablari buzilgani aniqlansa, mas’ullarga nisbatan belgilangan tartibda chora ko‘riladi.
Shu munosabat bilan qo‘mita telekanallar, reklama agentliklari va reklama tarqatuvchilarni ovoz balandligi bo‘yicha belgilangan me’yorlarga amal qilishga chaqirdi. Shuningdek, efirga uzatilayotgan reklamalarda tomoshabinlar qulayligi va manfaatlarini inobatga olish zarurligi ta’kidlandi.
Keyingi yangilik

Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
Mavzuga oid yangiliklar
































Izohlar0
…