Saida Mirziyoyeva bugun 42 yoshni qarshi olmoqda

Saida Mirziyoyeva bugun 42 yoshni qarshi olmoqda

Bugun, 4 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva tavallud kunini nishonlamoqda. U 1984 yil 4 noyabr kuni Farg‘ona viloyati, Qo‘qon shahrida tug‘ilgan.

Saida Mirziyoyeva 2025 yil 24 iyunda Prezident Administratsiyasi rahbari etib tayinlangan. Bunga qadar u Prezident yordamchisi, Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktorining o‘rinbosari hamda Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisining o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.

Uning jamoatchilik faoliyatida ijtimoiy ahamiyatga ega tashabbuslar ham alohida o‘rin tutadi. Jumladan, ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi bolalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan «Ko‘ngil ko‘zi» loyihasi shulardan biri. Loyiha doirasida bolalar uchun Brayl yozuvidagi o‘quv va badiiy kitoblar nashr etilgan, ularning ta’lim olishi va jamiyatga moslashishi uchun imkoniyatlar kengaytirilgan.

Shuningdek, Saida Mirziyoyeva xotin-qizlar va bolalar huquqlarini himoya qilish, oiladagi zo‘ravonlikka qarshi kurashish, ayollar salomatligini muhofaza qilish masalalariga ham e’tibor qaratib keladi. Xususan, bachadon bo‘yni va ko‘krak bezi saratonini erta aniqlash, skrining tekshiruvlarini kengaytirishga qaratilgan davlat dasturini amalga oshirishda uning ishtiroki qayd etilgan.

Bugungi tavallud ayyomi munosabati bilan Saida Mirziyoyevaga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt, kuch-g‘ayrat va mas’uliyatli faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaymiz. Ilgari surilayotgan ijtimoiy tashabbuslar aholi farovonligiga xizmat qilib, ko‘proq insonlar hayotida ijobiy o‘zgarishlarga sabab bo‘lsin.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar