Yangi hafta to‘xtovsiz yomg‘irlar bilan boshlanadi

QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
- 2 martdan 8 martgacha bo'lgan haftada ob-havo asosan yog'ingarchilikli bo'lib, deyarli barcha kunlarda yomg'ir kutilmoqda.
- Dushanba kuni havo +13 daraja, kechasi +8 daraja bo'ladi va yomg'ir ehtimoli deyarli 100 foizni tashkil etadi, seshanba kuni esa harorat +15 darajagacha ko'tariladi.
- Payshanba haftaning eng salqin kunlaridan biri bo'lib, harorat +8 / +5 darajagacha tushadi, juma kuni esa +13 / +6 daraja va 34 foiz yomg'ir ehtimoli kuzatiladi.
2 martdan 8 martgacha bo‘lgan haftada ob-havo asosan yog‘ingarchilik bilan o‘tadi. Haftaning deyarli barcha kunlarida yomg‘ir kutilmoqda. Demak, bu haftada soyabon va issiq kiyimlar eng kerakli “hamroh”lardan biriga aylanadi. Hafta boshlanishi bilanoq osmon tinimsiz bulutga to‘ladi va yomg‘irli kunlar ketma-ket davom etadi.
Dushanba kuni havo +13 daraja iliq, kechasi esa +8 daraja atrofida bo‘ladi. Kun davomida yomg‘ir ehtimoli juda yuqori — deyarli 100 foiz.
Seshanba kuni harorat biroz ko‘tarilib, kunduzi +15 darajagacha yetadi. Ammo bu iliqlik quyoshli kayfiyatni anglatmaydi. Yog‘ingarchilik yana yuqori darajada saqlanib qoladi.
Chorshanbada esa havo yana salqinlashib, +12 daraja kunduzgi, +7 daraja tungi harorat kuzatiladi. Bu kunda ham yomg‘ir to‘xtamasligi mumkin.
Payshanba haftaning eng salqin kunlaridan biri bo‘ladi. Harorat +8 / +5 darajagacha tushadi va yog‘ingarchilik ehtimoli yana yuqori bo‘lib qoladi. Bunday ob-havo ayniqsa ertalab va kechqurun tashqarida yuradiganlar uchun noqulaylik tug‘dirishi mumkin.
Juma kuni havo biroz yumshaydi. Kunduzi +13, kechasi +6 daraja kuzatiladi. Yomg‘ir ehtimoli boshqa kunlarga nisbatan pastroq — 34 foiz.
Shanba kuni yog‘ingarchilik yana kuchayadi. Harorat +12 / +9 daraja atrofida saqlanadi va yomg‘ir ehtimoli yana 100 foizga chiqadi. Demak, dam olish kuni uchun tuzilgan tashqi rejalarni qayta ko‘rib chiqish foydadan xoli emas.
Yakshanba esa nisbatan iliqroq va yumshoq kayfiyatda o‘tadi — +17 / +10 daraja, osmon bulutli bo‘ladi. Bu kun haftaning eng qulay va ancha yoqimli pallasiga aylanishi mumkin.






























Izohlar 0
…