Ertaga O‘zbekistonning ayrim hududlarida yomg‘ir yog‘ishi mumkin

Ertaga O‘zbekistonning ayrim hududlarida yomg‘ir yog‘ishi mumkin

10 sentyabr kuni O‘zbekistonda havo o‘zgaruvchan bo‘lishi kutilmoqda. Ayrim hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, kun davomida bulutlilik o‘zgarib turadi. Poytaxtda yog‘ingarchilik kutilmayapti. Kechasi havo harorati 18–20 daraja, kunduzi esa 35–37 daraja iliq bo‘lishi prognoz qilinmoqda.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Harorat kechasi 11-16 daraja, kunduzi 25-30 daraja bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 15-20 daraja, kunduzi 32-37 daraja bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 15-20 daraja, kunduzi 32-37 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 15-20 daraja, kunduzi 33-38 daraja bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 15-20 daraja, kunduzi 32-37 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 12-17 daraja, kunduzi 23-28 daraja bo‘ladi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar