Toshkentda xalqaro islom sivilizatsiyasi forumi boshlandi

1 daqiqa o'qish184
Toshkentda xalqaro islom sivilizatsiyasi forumi boshlandi

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida “Islom sivilizatsiyasi: tinchlik, bag‘rikenglik va ilm-ma’rifat yo‘li” mavzusidagi I Xalqaro islom sivilizatsiyasi forumi o‘z ishini boshladi.

Yirik anjumanda dunyoning 50 dan ortiq mamlakatidan kelgan davlat va jamoat arboblari, ulamolar hamda xalqaro tashkilotlar rahbarlari ishtirok etmoqda.

Forum uch shaharda o‘tkaziladi

Xalqaro forum 7–11 iyul kunlari davom etadi.

Uning tadbirlari Toshkent, Samarqand va Termiz shaharlarida tashkil etilib, islom sivilizatsiyasining tinchlik, bag‘rikenglik va ilm-ma’rifat taraqqiyotidagi o‘rni muhokama qilinadi.

Toshkentda xalqaro islom sivilizatsiyasi forumi boshlandi

Nufuzli tashkilotlar hamkorligida

Anjuman bir qator davlat, diniy va ilmiy muassasalar hamkorligida tashkil etilmoqda.

Jumladan:

  • O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi;

  • Din ishlari bo‘yicha qo‘mita;

  • O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi;

  • Imom Moturudiy, Imom Buxoriy va Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari;

  • O‘zbekiston musulmonlari idorasi;

  • ICESCO tashkiloti.

Toshkentda xalqaro islom sivilizatsiyasi forumi boshlandi

50 dan ortiq mamlakat vakillari qatnashmoqda

Forumda dunyoning 50 dan ortiq davlatidan kelgan qariyb 300 nafar nufuzli mehmon ishtirok etmoqda.

Ular orasida davlat va jamoat arboblari, vazirlar, muftiylar, xalqaro tashkilotlar rahbarlari va taniqli ulamolar bor.

Asosiy e’tibor — tinchlik va ma’rifatga

Toshkentda xalqaro islom sivilizatsiyasi forumi boshlandi

Forum doirasida islom sivilizatsiyasining boy ilmiy merosi, bag‘rikenglik g‘oyalari va tinchlikni mustahkamlashdagi o‘rni keng muhokama qilinishi kutilmoqda.

Anjuman O‘zbekistonning islom sivilizatsiyasi merosini xalqaro miqyosda targ‘ib qilish va ilmiy hamkorlikni kuchaytirishga qaratilgan muhim maydonga aylanmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?