Toshkent osmonida bugun katta dron-shou namoyish etiladi

Toshkent osmonida bugun katta dron-shou namoyish etiladi

Bugun, 2 oktyabr kuni Toshkent aholisi va mehmonlari "Yangi O‘zbekiston" bog‘i osmonida katta dron-shouni tomosha qilishlari mumkin.

Maxsus yorug‘lik namoyishi O‘zbekiston terma jamoasining FIDЕ 46-Jahon shaxmat olimpiadasidagi tarixiy g‘alabasiga bag‘ishlanadi. Shou davomida osmonda yuzlab dronlar ishtirokida turli kompozitsiyalar namoyish etiladi.

Dron-shou soat 20:00 dan 20:15 gacha "Yangi O‘zbekiston" bog‘ida, Mirzo Ulug‘bek tumani hududida o‘tkaziladi. Tomoshani ko‘rish uchun kirish bepul.

Avtomobil haydovchilari uchun ham muhim ma’lumot berildi. Bog‘ atrofidagi yo‘llar yopilmaydi va transport vositalari odatdagidek harakatlanadi.

Shounu tomosha qilishni istaganlar bog‘ atrofiga oldinroq kelib, o‘zlariga qulay joy tanlab olishlari mumkin.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar