date

Yakkasaroy tumanida yo‘lning bir qismi vaqtincha yopiladi

Yakkasaroy tumanida yo‘lning bir qismi vaqtincha yopiladi

Toshkent shahri Yakkasaroy tumanida Kichik halqa avtomobil yo‘lining Shota Rustaveli ko‘chasi bilan kesishgan qismida harakat vaqtincha cheklanadi. Cheklov yo‘lning 400 metrlik masofasini qamrab oladi.

Ma’lum qilinishicha, bu hududda elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish ishlari olib borilmoqda. Shu sabab transport harakati 2026-yil 31-may soat 23:00 ga qadar cheklanadi.

Bu vaqt davomida avtomobillar harakati tasdiqlangan sxema asosida aylanma yo‘nalishlar orqali tashkil etiladi. Mas’ullar haydovchilardan yo‘nalishni oldindan rejalashtirish va yo‘l belgilariga amal qilishni so‘ramoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Yakkasaroy tumanida yo‘lning bir qismi vaqtincha yopiladi