Yakkasaroy va Chilonzorda gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi

Yakkasaroy va Chilonzorda gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi

Toshkent shahri Yakkasaroy tumanidagi gaz quvurida nosozlik aniqlangani sababli ayrim iste’molchilarga tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi.

«Yakkasaroy» MFY, Shota Rustaveli ko‘chasidagi 120-ko‘p qavatli uy oldida joylashgan quduqda yer ostidagi diametri 400 millimetr bo‘lgan o‘rta bosimli gaz quvurining kompensator qismida gaz sizib chiqishi holati aniqlangan.

Avariya holatini bartaraf etish ishlarini olib borish maqsadida 2026 yil 7 oktyabr kuni soat 21:00 dan quyidagi iste’molchilarning tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi:

• «Dilbuloq» MFYdagi 2 ta ko‘p qavatli uy, 210 ta xonadon;

• «Yakkasaroy» MFYdagi 10 ta ko‘p qavatli uy, 420 ta xonadon;

• «Yakkasaroy» MFYdagi 110 ta yerli xonadon;

• Yakkasaroy tumanidagi 38 ta ulgurji iste’molchi;

• Chilonzor tumanidagi 4 ta ulgurji iste’molchi.

«Hududgaz poytaxt» GTF ma’lum qilishicha, avariyani bartaraf etish ishlari yakunlangach, iste’molchilar oldindan ogohlantiriladi va tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar