Nijnekamskdagi dron hujumida halok bo‘lgan o‘zbekistonliklar jasadi Vatanga olib kelindi

1 daqiqa o'qish140
Nijnekamskdagi dron hujumida halok bo‘lgan o‘zbekistonliklar jasadi Vatanga olib kelindi

Rossiyaning Tatariston Respublikasidagi Nijnekamsk shahrida 10 avgust kuni yuz bergan dron hujumi oqibatida halok bo‘lgan 8 nafar O‘zbekiston fuqarosining jasadi 12 avgust kuni O‘zbekiston Harbiy havo kuchlarining maxsus reysi orqali Vatanga olib kelindi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, halok bo‘lgan fuqarolar Nijnekamsk shahridagi qurilish korxonalaridan birida mehnat qilgan. Hujumda, shuningdek, 39 kishi jarohatlangan.

Hujum oqibatida yana bir necha nafar O‘zbekiston fuqarosi turli darajada jarohat olgan. Ular tibbiyot muassasalariga yetkazilib, zarur yordam ko‘rsatilmoqda.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi jarohatlangan fuqarolarga ko‘mak berish, shuningdek, halok bo‘lganlarning jasadlarini Vatanga olib kelish bilan bog‘liq masalalarni Rossiya tomoni bilan hamkorlikda nazoratga olgan.

Hozirda voqea bilan bog‘liq holatlar yuzasidan tegishli ishlar davom ettirilmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?