Sesk Fabregas Mikel Arteta va Arsenal rahbariyatini yuqori baholadi

Sesk Fabregas Arsenal rahbariyatining Mikel Arteta bosh murabbiylik faoliyatining dastlabki og'ir davrlarida sabr-toqat ko'rsatib, strategik rejasidan voz kechmaganini yuqori baholadi. U zamonaviy futbolda ko'plab klublar uchta mag'lubiyatdan keyin murabbiyni iste'foga chiqarishini, Arsenalning esa uzoq muddatli yondashuvni saqlab qolganini ta'kidladi.
Londonning Arsenal klubining sobiq sardori Sesk Fabregas jamoa rahbariyatining bosh murabbiy Mikel Arteta boshlangʻich ogʻir davrlarda koʻrsatgan sabr-toqatini yuqori baholadi. Arsenal va Komo jamoalari oʻrtasidagi oʻrtoqlik uchrashuvidan soʻng sobiq yarim himoyachi zamonaviy futbolda bunday uzoq muddatli strategik yondashuv kamdan-kam uchrashishini alohida taʼkidladi. Ikki jamoa oʻrtasidagi bahs 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlanib, penaltilar seriyasida inglizlar gʻalaba qozongandi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.
Goal.com xabar berishicha, Sesk Fabregas oʻzining murabbiylik faoliyatini boshlagan Italiyaning Komo klubida aynan Arsenal shakllantirgan madaniyat va barqarorlikni namuna qilib olishga harakat qilmoqda. Londonliklar safida 303 ta uchrashuv oʻtkazgan ispaniyalik mutaxassis klub rahbariyati Mikel Artetaning dastlabki qiyin mavsumlarida ham oʻz qarorida qatʼiy turib, strategik rejasidan voz kechmaganini olqishladi. Uning fikricha, bu yondashuv zamonaviy futbol olamida haqiqiy noyob hodisadir.
Arsenal tajribasi va uzoq muddatli rejalar
Uchrashuvdan keyingi suhbatda Sesk Fabregas Arsenal loyihasining boshlanishiga 7-8 yil boʻlganini eslatib oʻtdi. U klub sport direktori Edu va boshqa mutasaddilarga qiyin damlarda ham birdamlikni saqlab qolgani uchun oʻz minnatdorchiligini bildirganini aytdi. Jamoa ketma-ket uch mavsum chempionatni sakkizinchi oʻrinda yakunlagani, shuningdek, Chempionlar ligasiga chiqish imkoniyatini boy berib, beshinchi oʻrinda qolgani qiyin sinov boʻlganiga qaramay, klub oʻz maqsadidan ogʻishmagan edi.Fabregasning taʼkidlashicha, bugungi kunda koʻplab klublar uchta magʻlubiyatdan keyonoq bosh murabbiyni isteʼfoga chiqarishga odatlangan. Bunday shoshma-shofar qarorlar koʻpincha jamoa oʻyin uslubi va barqarorligiga putur yetkazadi. Sesk aynan shuning uchun ham zamonaviy futboldagi bu xatoni takrorlamasdan, Arsenal bosib oʻtgan yoʻlni oʻrganish muhimligini urgʻuladi.






























Izohlar 0
…