17:50 / 21.02.2018
5 947

22 fevral ob-havo ma’lumoti: issiq kunlar kirib kelmoqda

22 fevral ob-havo ma’lumoti: issiq kunlar kirib kelmoqda
O‘zbekiston gidrometeorologiya xizmati markazining xabar qilishicha, 22 fevral kuni Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi 0 ... +2 daraja, kunduzi +10 ... +12 daraja iliq bo‘ladi. Soniyasiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Nukusda havo harorati kechasi -5 ... 0 daraja, kunduzi +5 ... +10 daraja iliq bo‘ladi. Urganchda esa kechasi 0 ... +5, kunduzi +5 ... +10 daraja iliq bo‘ladi. Soniyasiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi 0 ... +5 daraja, kunduzi +8 ... +13 daraja iliq bo‘ladi. Soniyasiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi.

Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi 0 ... +5 daraja, kunduzi +15 ... +20 daraja iliq bo‘ladi. Soniyasiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi.



Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida
havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi 0 ... +5 daraja, kunduzi +15 ... +20 daraja iliq bo‘ladi. Soniyasiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi.

Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ham havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi 0 ... +5 daraja, kunduzi +7 ... +12 daraja iliq bo‘lishi kutilyapti. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi.

Shuningdek, tog‘li hududlar — Chimyon, Qamchiq va Nurafshonda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi -7 ... -2, kunduzi 0 ... +5 daraja iliq bo‘ladi. Nurafshonda esa kechasi 0 ... +5, kunduzi +10 ... +15 daraja ilishi mumkin. Soniyasiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » 22 fevral ob-havo ma’lumoti: issiq kunlar kirib kelmoqda